Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida 9-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash

Davlat sogʻliqni saqlash tizimini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari quyidagilardan iborat: davlat budjeti mablagʻlari; tibbiy sugʻurta mablagʻlari; fuqarolarning sogʻligʻini saqlashga moʻljallangan maqsadli fondlarning mablagʻlari; davolash-profilaktika muassasalarining davlat tomonidan kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy yordam koʻrsatganlik uchun va pullik xizmatlar koʻrsatganlik uchun olingan mablagʻlari; korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari hamda jismoniy shaxslarning sogʻliqni saqlash muassasalariga ixtiyoriy va xayriya badallari; banklarning kreditlari; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.