Oxirgi ish joyidan qatʼi nazar, quyidagilar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar: a) urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar; b) mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda toʻliq ish kuni davomida band boʻlgan xodimlar (3-sonli roʻyxat, I qism): erkaklar — ish staji kamida 25 yil boʻlib, bundan kamida 12 yilu 6 oyi koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda; ayollar — ish staji kamida 20 yil boʻlib, bundan kamida 10 yili koʻrsatib oʻtilgan ishlarga toʻgʻri kelgan taqdirda. Mehnat sharoiti zararli va ogʻir ishlarda — erkaklar kamida 6 yilu 3 oy, ayollar kamida 5 yil — ishlagan xodimlarga pensiya ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshi erkaklarning bunday ishdagi har 2 yilu 6 oyi uchun va ayollarning bunday ishdagi har 2 yili uchun 1 yilga qisqartirilgan holda tayinlanadi; z) bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa — ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda. Basharti, ayol oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni ular 8 yoshga toʻlguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan boʻlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi; k) nogironligi boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashgan taʼlim muassasalari, “Mehribonlik” uylari, harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari oʻqituvchilari — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VII qism); l) ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va oʻrta tibbiy xodimlari — maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil va shaharlarda kamida 30 yil boʻlgan taqdirda (3-sonli roʻyxat, VIII qism); m) qariyalarga, nogironligi boʻlgan shaxslarga va yolgʻiz fuqarolarga xizmat koʻrsatishda bevosita band boʻlgan ijtimoiy xodimlar (3-sonli roʻyxat, IX qism): erkaklar — maxsus ish staji kamida 25 yil boʻlgan taqdirda; ayollar — maxsus ish staji kamida 20 yil boʻlgan taqdirda.