Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 16-modda. Nogironlik guruhlari

Sogʻligʻini yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular toʻgʻrisidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.