Ushbu Qonun bilan pensiyalarning quyidagi tayanch miqdorlari belgilanadi: a) yoshga doir pensiya uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun ( 31 va 33-moddalar ) olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin rasmiy belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida; b) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida; g) oilaning mehnatga layoqatsiz har bir aʼzosiga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 50 foizi miqdorida; d) ota-onasidan judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga yoki vafot etgan yolgʻiz onaning bolalariga, har bir bolaga boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, lekin yoshga doir eng kam pensiyaning kamida 100 foizi miqdorida.