Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida 27-modda. Ish staji uchun pensiyalarning oshirilishi

Pensiya tayinlashda talab etiladiganidan ortiqcha ish stajining har bir toʻliq yili uchun ( 37—40-moddalar ) pensiyalarning tayanch miqdorlari ( 26-modda ) quyidagicha oshiriladi: a) yoshga doir pensiyalar — pensiyani hisoblab chiqarish uchun ( 31 va 33-moddalar ) olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; b) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foizi miqdorida; g) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari oilaning mehnatga qobiliyatsiz har bir aʼzosi uchun — boquvchining pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 0,5 foizi miqdorida oshiriladi. Otasidan ham, onasidan ham judo boʻlgan (chin yetim) bolalarga tayinlanadigan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn ikki barobari miqdori doirasida amalga oshiriladi.