Ushbu Qonunning 26 , 27 va 29-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar quyidagi miqdorlarda belgilanadi: a) I guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 150 foizi; b) II guruh urush nogironlariga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 125 foizi; g) koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi; d) I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; e) II guruh yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; j) urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 50 foizi; z) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlagan va harbiy majburiyatni bajargan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining — 30 foizi; i) vafoti harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlariga (beva erlariga) — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 30 foizi. k) Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari boʻlgan shaxslarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizidan 150 foizigacha. Oʻzbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlari boʻlgan shaxslarning pensiyasiga ustama toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. l) yoshidan qatʼi nazar imtiyozli pensiyaga chiqish huquqiga ega boʻlgan artistlarga — pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 75 foizi; m) teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa sanʼati ijodiy xodimlari tayyorlovchi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlariga, Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan roʻyxatga koʻra — pensiyani