Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yildagi ish haqi olinadi. Bunda fuqaroning oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi ketma-ket besh yil uchun ish haqining eng yuqori miqdori axborot tizimidagi yoki fuqaro tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asosan avtomatik ravishda aniqlanadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi oʻtgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda pensiya soʻrab murojaat etgan kishining xohishiga koʻra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni toʻliq boʻlmagan oylar toʻliq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi. Pensiya soʻrab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Mavsumiy ishlarda band boʻlgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qatʼi nazar, mehnat faoliyatining oxirgi oʻn yili davomidagi, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda aniqlanadigan, ketma-ket besh mavsumdagi qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining oʻn ikki baravaridan ortiq boʻlmagan miqdordagi oʻrtacha oylik ish haqi olinadi. Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan oʻrtacha oylik ish haqi pen