Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band boʻlgan xodimlarning toʻliq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, toʻliq mavsum davomida ishlamagan boʻlsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi. Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yerosti ishlari stajini hisoblab chiqishda (10-moddaning “a” — “b” bandlari va 11-moddaning “a” bandi ) ana shu ishda orttirilgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlikda boʻlgan vaqti ushbu Qonun 38-moddasining “v” bandida belgilangan qoidalar qoʻllanmasdan koʻrsatib oʻtilgan stajga qoʻshiladi.