Pensiya tayinlash uchun ( 7-modda ) yetarlicha ish stajiga ega boʻlmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining “a” — “g” va “k” bandlarida nazarda tutilgan kamida 7 yil ish staji mavjud boʻlgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda ( 29-modda ) tayinlanadi.