Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxatlarga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega boʻladilar, chunonchi: Yoshidan qatʼi nazar pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar va lavozimlarning 1-sonli roʻyxati; Umumiy belgilangan yoshni 10 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlarning 2-sonli roʻyxati; Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va koʻrsatkichlarning 3-sonli roʻyxati. Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.