Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida 17-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari tuziladi.