Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 13-modda. Fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilishi

Fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilishiga yoʻl qoʻyiladi. Fuqarolik huquqlarini shaxsning oʻzi himoya qilish usullari huquqni buzishga mutanosib boʻlishi hamda huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak.