Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 16-modda. Fuqaro (jismoniy shaxs) tushunchasi

Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tushuniladi. Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Kodeksning qoidalari barcha fuqarolarga nisbatan qoʻllaniladi.