Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 166-modda. Mulkning daxlsizligi

Mulk daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishdan oʻzlarini saqlashlaridan iboratdir. Mulkdorning mol-mulkini olib qoʻyishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqat qonunda nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.