Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 184-modda. Bitim boʻyicha mol-mulkni olish

Mol-mulk olish-sotish, ayirboshlash, hadya qilish shartnomalari, hamda qonun bilan taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinishi mumkin. Basharti, qonun hujjatlarida boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, mol-mulk yangi mulkdorga oʻtganida, universal huquqiy vorislik tartibida sobiq mulkdorning huquq va burchlari ham unga oʻtadi.