Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 199-modda. Mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyish

Mol-mulkni mulkdordan olib qoʻyishga qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yoʻl qoʻyiladi. Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boʻla olmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaxsga toʻlanadi.