Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 218-modda. Ulushli mulkdagi mol-mulkni tasarruf etish

Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi. Ulushli mulk ishtirokchisi oʻz xohishiga qarab oʻz ulushini sotishga, sovgʻa qilishga, vasiyat qilib qoldirishga, garovga berishga yoki boshqacha tarzda tasarruf etishga ulushni haq evaziga boshqa shaxsga berish chogʻida ushbu Kodeksning 224-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilgan holda haqli boʻladi.