Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 251-modda. Bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etadigan majburiyatni bajarish

Agar ulushli majburiyatda bir necha kreditor yoki bir necha qarzdor ishtirok etsa, basharti qonundan yoki shartnomadan boshqacha tartib anglashilmasa, u holda har bir kreditor majburiyatni boshqalar bilan teng ulushlarda bajarishni talab qilishga haqli, har bir qarzdor esa bu talabni bajarishi shart.