Qarzdor tomonidan oʻz majburiyatlari bajarilmagan taqdirda, kreditorning mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi bilan taʼminlangan majburiyatlar boʻyicha talablari ushbu mol-mulkning yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqining qiymatidan mazkur mol-mulk yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi oʻziga tegishli boʻlgan shaxsning boshqa kreditorlariga qaraganda imtiyozli ravishda qanoatlantiriladi. Kreditorning imtiyozli huquqi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan yoki uni realizatsiya qilishdan olingan hosilga, mahsulotga va boshqa daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, garov reyestriga qarzdorning mol-mulkiga boʻlgan oʻz huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi toʻgʻrisida yozuv kiritgan kreditorlar garov reyestriga tegishli yozuvni kiritmagan kreditorlar oldidagi oʻz talablarini qanoatlantirishda imtiyozli huquqqa ega boʻladi. Ayni bir mol-mulkka boʻlgan oʻz huquqlari yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqi toʻgʻrisida garov reyestriga yozuv kiritgan kreditorlarning talablari quyidagi navbatga muvofiq qanoatlantiriladi: birinchi navbatda mazkur mol-mulkni ushlab qolish yoki yer uchastkasini ijaraga olish huquqini sotish orqali taʼminlanadigan majburiyatlar boʻyicha talablar qanoatlantiriladi; ikkinchi navbatda majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkni olish yoki kreditor tomonidan ushbu mol-mulkni qarzdorga berishdan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha talablar qanoatlantiriladi; uchinchi navbatda, agar mol-mulk kreditor tomonidan taqdim etilgan mablagʻlar yoki mol-mulk hisobidan olingan (ishlab chiqarilgan) boʻlsa, mol-mulk bilan taʼminlanadigan majburiyatlar boʻyicha talablar qanoatlantiriladi; toʻrtinchi navbatda mazkur mol-mulk bilan taʼminlangan boshqa barcha majburiyatlar boʻyicha talablar qanoatlantiriladi. Kreditorlarning talabl