Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 270-modda. Garov huquqining vujudga kelishi

Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud, basharti shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa — notarial tasdiqlangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa — u roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Basharti, garov narsasi qonunga yoki shartnomaga asosan garovga qoʻyuvchida boʻlishi lozim boʻlsa, garov huquqi unga garov narsasi berilgan paytdan, basharti bunday topshirish shartnoma tuzilishidan avval amalga oshgan boʻlsa — shartnoma tuzilgan paytdan boshlab vujudga keladi.