Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 287-modda. Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish

Garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarz boshqa shaxsga oʻtkazilishi bilan, agar garovga qoʻyuvchi kreditorga yangi qarzdor uchun javob berishga rozilik bergan boʻlmasa (ushbu Kodeksning 322-moddasi ), garov bekor boʻladi.