Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 316-modda. Yangi kreditor huquqlarining isboti

Oʻz talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechgan kreditor talab qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni unga berishi va talabni amalga oshirish uchun ahamiyatli boʻlgan maʼlumotlarni bildirishi kerak. Qarzdor talablar yangi kreditorga oʻtganligini isbotlovchi hujjatlar oʻziga taqdim etilmagunicha unga nisbatan majburiyatni bajarmaslikka haqli.