Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 33-modda. Fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topish

Agar fuqaroning qayerdaligi haqida uning yashash joyida bir yil davomida maʼlumotlar boʻlmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga muvofiq sud bu fuqaroni bedarak yoʻqolgan deb topishi mumkin. Yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan kunni aniqlash mumkin boʻlmasa, bedarak yoʻqolgan deb hisoblash muddati yoʻqolgan shaxs toʻgʻrisida oxirgi maʼlumotlar olingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan, bu oyni belgilash mumkin boʻlmagan taqdirda esa —keyingi yilning birinchi yanvaridan boshlanadi.