Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 338-modda. Kreditorning ijroni kechiktirib yuborish oqibatlari

Kreditorning shartnoma boʻyicha oʻziga tegishli narsani qabul qilishni kechiktirib yuborishi qarzdorga kechiktirib yuborish tufayli yetkazilgan zararni undirib olish huquqini beradi va keyinchalik majburiyatni ijro etish mumkin boʻlmay qolsa, uni javobgarlikdan ozod qiladi, qarzdorning qasddan ish tutishi yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilish hollari bundan mustasno. Pul majburiyati boʻyicha kreditor ijroni kechiktirib yuborgan vaqt uchun qarzdor foiz toʻlashga majbur emas.