Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 78-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarning qatnashchilaridir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yaratgan yoki sotib olgan mol-mulk ularning mulkidir. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqiy mavqeyi qonunchilik bilan belgilanadi.