Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 80-modda. Davlat va yuridik shaxslar javobgarligining farqlab qoʻyilishi

Davlat tomonidan tuzilgan yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat oʻzi tuzgan yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi. Ushbu moddaning qoidalari davlat tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari boʻyicha oʻz zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas.

3-kichik boʻlim OBYEKTLAR