Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) 81-modda. Fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari

Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qogʻozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, sanʼat asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi.