Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1007-modda. Sogʻliqqa shikast yetkazilishi natijasida yoʻqotilgan ish haqini (daromadni) aniqlash

Oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan yoʻqotilgan ish haqi (daromad)ning miqdori mayiblanishgacha yoki sogʻliqqa boshqacha shikast yetkazilishigacha yoxud mehnat qobiliyati yoʻqotilgungacha boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqi (daromad)ga nisbatan jabrlanuvchining kasbiy mehnat qobiliyatini yoʻqotishi darajasiga, kasbi yoʻq boʻlganda esa — umumiy mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga muvofiq foizlarda aniqlanadi. Jabrlanuvchining yoʻqotilgan ish haqi (daromadi) tarkibiga ham asosiy ish joyidan, ham oʻrindoshlik boʻyicha ishlaydigan joyidan mehnat va fuqaroviy-huquqiy shartnomalar boʻyicha toʻlanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan barcha turdagi mehnat haqi qoʻshiladi. Bir yoʻla toʻlanadigan toʻlovlar (foydalanilmagan taʼtil uchun toʻlanadigan pul, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi ishdan boʻshatish nafaqasi) hisobga olinmaydi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri hamda homiladorlik va tugʻish taʼtili uchun toʻlangan nafaqa hisobga olinadi. Tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, shuningdek mualliflik gonorari yoʻqotilgan ish haqi (daromad) tarkibiga kiritiladi, bunda tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar soliq inspeksiyasining maʼlumotlari asosida kiritiladi. Ish haqi (daromad)ning barcha turlari soliqlar ushlab qolinmasdan oldin hisoblangan summalarda hisobga olinadi. Oʻrtacha oylik ish haqi (daromad) sogʻliqqa shikast yetkazilishidan oldingi ishlangan oʻn ikki oy ichidagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini oʻn ikkiga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi. Zarar yetkazilgan paytgacha jabrlanuvchi oʻn ikki oydan kam ishlagan hollarda oʻrtacha ish haqi (daromad) sogʻliqqa shikast yetkazilishidan oldingi amalda ishlangan oylardagi ish haqi (daromad)ning umumiy summasini ana shu oylar soniga boʻlish yoʻli bilan hisoblab chiqiladi. Jabrlanuvchi toʻliq ishlamagan oylar uning xohishiga koʻra bundan oldingi toʻliq ishlangan oylarga almashtiriladi yoki ularni almashtirish imkoniyati boʻlmaganda hisobdan chiqarib tashla