Vasiyat qiluvchi vasiyatnomaning ijro etilishini oʻzi vasiyatnomada koʻrsatgan, merosxoʻr hisoblanmaydigan shaxsga (vasiyatnomani ijro etuvchiga) topshirishi mumkin. Bu shaxsning vasiyatnomaning ijro etuvchisi boʻlishga roziligi uning oʻz qoʻli bilan vasiyatnomaga yozgan ustxatida yoki vasiyatnomaga ilova qilingan arizasida aks ettirilishi lozim. Merosxoʻrlar oʻzaro kelishib, vasiyatnomaning ijrosini merosxoʻrlardan biriga yoxud boshqa shaxsga topshirishga haqlidirlar. Bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda, vasiyatnomani ijro etuvchi bir yoki bir necha merosxoʻrning talabi bilan sud tomonidan tayinlanishi mumkin. Vasiyatnomani ijro etuvchi vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlarni oldindan xabardor qilgan holda vasiyat qiluvchi tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan istagan vaqtda voz kechish huquqiga ega. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosxoʻrlarning arizasiga binoan sudning chiqargan qarori bilan ham oʻz majburiyatlaridan ozod qilinishi mumkin. Vasiyatnomani ijro etuvchi: merosni muhofaza qilishi va uni boshqarishi; barcha merosxoʻrlarni va vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchilarni meros ochilganligi toʻgʻrisida hamda ular foydasiga vasiyat majburiyatlari toʻgʻrisida xabardor qilish uchun imkon qadar barcha chora-tadbirlarni koʻrishi; meros qoldiruvchiga tegishli summalarni olishi; meros qoldiruvchining xohish-irodasi va qonunga muvofiq merosxoʻrlarga ularga tegishli mol-mulkni berishi; merosxoʻrlar zimmalariga yuklatilgan vasiyat majburiyatlarini ijro etishlarini taʼminlashi; vasiyat majburiyatlarini bajarishi yoxud vasiyatnoma boʻyicha merosxoʻrlardan vasiyat majburiyatlarini ijro etishlarini talab qilishi lozim. Vasiyatnomani ijro etuvchi merosni boshqarish hamda vasiyatnomani ijro etish bilan bogʻliq sud ishlarida va boshqa ishlarda oʻz nomidan qatnashishga haqli, shuningdek bunday ishlarda ishtirok etishga jalb etilishi mumkin. Vasiyatnomani ijro etuvchi oʻz majburiyatlarini merosni qarzlardan holi qilish, meros qoldiruvchiga tegishl