Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1136-modda. Qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislik

Meros qoldiruvchining tugʻishgan hamda ona (ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun boʻyicha ikkinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega boʻladilar.