Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1172-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolik holati hujjatlarini qayd etish Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi qoʻllaniladi.