Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 1188-modda. Ashyoviy huquqlarni himoya qilish

Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan ariza beruvchining tanlovi boʻyicha mol-mulk turgan mamlakatning huquqi yoki sud qaysi mamlakatga qarashli boʻlsa, oʻsha mamlakatning huquqi qoʻllanadi. Koʻchmas mulkka boʻlgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilishga nisbatan bu mulk turgan mamlakatning huquqi qoʻllanadi. Oʻzbekiston Respublikasining davlat reyestrida qayd etilgan mol-mulkka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining huquqi qoʻllanadi.

5-§. Shartnoma majburiyatlari