Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 471-modda. Energiya taʼminoti shartnomasining energiya miqdori toʻgʻrisidagi shartini buzish oqibatlari

Agar energiya bilan taʼminlovchi tashkilot tomonidan tutashtirilgan tarmoq orqali abonentga energiya taʼminoti shartnomasida nazarda tutilgandan kam miqdorda energiya berilgan boʻlsa, basharti qonunchilikda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, ushbu Kodeksning 399-moddasida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi.