Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 501-modda. Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olingan tovarni olib qoʻyganlik uchun javobgarlik

Ayirboshlash shartnomasi boʻyicha olgan tovarini uchinchi shaxslar olib qoʻygan taraf, ushbu Kodeksning 395-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa, boshqa tarafdan ayirboshlash asosida olingan tovarni qaytarishni va (yoki) zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.