Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 522-modda. Renta oluvchining talabiga koʻra doimiy rentani sotib olish

Quyidagi hollarda doimiy renta oluvchi toʻlovchidan rentani sotib olishni talab qilishga haqli: agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan boʻlmasa, renta toʻlovchi uni toʻlash muddatini bir yildan ortiq kechiktirib yuborgan taqdirda; renta toʻlovchi rentani toʻlashni taʼminlash boʻyicha oʻz majburiyatlarini buzgan taqdirda; renta toʻlovchi toʻlovga qodir emas deb topilgan yoki u rentani shartnomada belgilangan miqdor va muddatlarda toʻlamasligini koʻrsatadigan boshqa vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda; renta toʻlash sharti bilan topshirilgan koʻchmas mulk umumiy mulkka aylangan yoki bir necha shaxs oʻrtasida taqsimlangan taqdirda; shuningdek, shartnomada nazarda tutilgan boshqa hollarda.