Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 524-modda. Doimiy renta toʻlash sharti bilan topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi

Doimiy renta toʻlash sharti bilan bepul topshirilgan mol-mulkning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi renta toʻlovchi zimmasida boʻladi. Doimiy renta toʻlash sharti bilan haq evaziga topshirilgan mol-mulk tasodifan nobud boʻlganda yoki tasodifan buzilganda toʻlovchi renta toʻlash majburiyatini tegishli ravishda toʻxtatishni yoki uni toʻlash shartlarini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.

3-§. Umrbod renta