Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 561-modda. Ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish

Agar ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan boʻlsa, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni taʼmirlash va transportda tashish xarajatlarini toʻlaydi.