Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 602-modda. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti

Doimiy yashash uchun yaroqli boʻlgan alohida uy-joy (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismi) uy-joyni ijaraga berish shartnomasining obyekti boʻlishi mumkin. Uy-joyning yashash uchun yaroqliligi uy-joy toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. Koʻp kvartirali uydagi uy-joyni ijaraga olgan shaxs undan foydalanish bilan bir qatorda ushbu Kodeksning 211-moddasida koʻrsatilgan mol-mulkdan foydalanish huquqiga ega boʻladi.