Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 608-modda. Uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga ijaraga oluvchining yangi oila aʼzolarini kiritish

Uy-joyni ijaraga oluvchi, shuningdek uning oila aʼzolari boshqa fuqarolarni oila aʼzosi sifatida uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritishni talab qilishga haqli. Bunday fuqarolarni uy-joyni ijaraga olish shartnomasiga kiritish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.