Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi. Bir yilgacha muddatga tuzilgan uy-joyni ijaraga berish (qisqa muddatli ijara) shartnomasiga nisbatan, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeks 606-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 609-moddasida , ushbu moddaning uchinchi qismida , 613 va 614 -moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanmaydi. Ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzishda imtiyozli huquqqa ega. Agar ijaraga beruvchi uy-joyni bir yildan kam boʻlmagan muddatda ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, u yangi muddatga shartnoma tuzishni rad qilishga haqli.