Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 633-modda. Materiallarning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi

Materiallarning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan buzilish xavfi, agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, pudratchining pudrat shartnomasida shartlashilgan ishni topshirish muddati kelguncha materiallarni bergan taraf zimmasida, bu muddatdan keyin esa ishni topshirishni kechiktirib yuborgan taraf zimmasida boʻladi.