Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 641-modda. Buyurtmachi bergan mol-mulkning saqlanmaganligi uchun pudratchining javobgarligi

Pudrat shartnomasini bajarish munosabati bilan buyurtmachi bergan material, uskuna, qayta ishlashga (ishlov berishga) topshirilgan ashyo va pudratchi ixtiyoriga oʻtgan boshqa mol-mulk saqlanmaganligi uchun pudratchi javobgar boʻladi.