Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 714-modda. Umumiy foydalanishdagi transportda tashish

Tijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan tashish, agar qonunchilikdan yoki ushbu tashkilotga berilgan ruxsatnomadan (litsenziyadan) uning har qanday fuqaro yoki yuridik shaxs murojaatiga muvofiq yoʻlovchi, bagaj va (yoki) yuk tashishi shartligi anglashilsa, umumiy foydalanishdagi transportda tashish deb eʼtirof etiladi. Umumiy foydalanishdagi transportda tashish shartnomasi ommaviy shartnomadir.