Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 787-modda. Hisobvaraqni tasarruf qilishning cheklanishi

Mijozning hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini tasarruf qilish huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, hisobvaraqda turgan pul mablagʻlarini xatlash yoki qonunda nazarda tutilgan hollarda hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno.