Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 845-modda. Vositachilik shartnomasining bekor qilinishi

Vositachilik shartnomasi: komitent shartnomani bajarishdan bosh tortganligi; vositachi shartnomani bajarishdan bosh tortganligi; vositachi vafot etganligi, u muomalaga layoqatsiz, layoqati cheklangan, bedarak yoʻqolgan yoki nochor deb topilganligi oqibatida bekor qilinadi.