Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 852-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish subyektlari

Quyidagilar mol-mulkni ishonchli boshqarish muassislari boʻladilar: mol-mulkning egasi; yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs; vakolatli davlat organi davlat mulki boʻlgan mol-mulkka nisbatan; qonunda nazarda tutilgan hollarda — notarius, vasiylik va homiylik organi, sud yoki boshqa vakolatli organ. Quyidagilar ishonchli boshqaruvchi boʻlishlari mumkin: fuqaro; yuridik shaxs. Mol-mulk davlat organiga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin emas. Ishonchli boshqaruvchi faqat oʻz roziligi bilangina tayinlanishi mumkin. Ishonchli boshqaruvchidan tashqari har qanday shaxs foyda oluvchi boʻlishi mumkin.