Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 855-modda. Ishonchli boshqaruvda boʻlgan mol-mulkni ajratib chiqarish

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk boshqaruv muassisining boshqa mol-mulkidan, shuningdek ishonchli boshqaruvchining mol-mulkidan ajratiladi. Ushbu mol-mulk ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqaruv bilan bogʻliq faoliyat boʻyicha hisob-kitob yuritish uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi. Boshqaruv muassisining qarzlari boʻyicha undiruvni u ishonchli boshqaruvga topshirgan mol-mulkka qaratishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ushbu shaxs bankrot deb topilgan hollar mustasno. Boshqaruv muassisi bankrot deb topilganda ushbu mol-mulkni ishonchli boshqarish bekor qilinadi va u tugatish massasiga qoʻshib yuboriladi.