Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 903-modda. Omborda omonat saqlash shartnomasi

Omborda omonat saqlash shartnomasi boʻyicha tovar ombori (saqlovchi) tovar egasi (yuk topshiruvchi) tomonidan oʻziga topshirilgan tovarlarni haq evaziga saqlash va ularni toʻliq holicha qaytarib berish majburiyatini oladi. Omborda omonat saqlash shartnomasi yozma ravishda tuziladi. Agar omborda saqlash shartnomasini tuzish va tovarni omborga qabul qilib olish ombor hujjati bilan tasdiqlangan boʻlsa, omborda omonat saqlash shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.