Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi, sugʻurtalangan shaxs va naf oluvchi, ularning sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi, shuningdek bu shaxslarning mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi oʻz kasb faoliyati natijasida oʻzi olgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas. Sugʻurta sirini buzganlik uchun sugʻurtalovchi buzilgan huquqlarning turi va buzish xususiyatiga qarab ushbu Kodeksning 985 , 1021 va 1022 -moddalari qoidalariga muvofiq javobgar boʻladi.