Fuqarolik kodeksi (ikkinchi qism) 956-modda. Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi

Shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi, ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot boʻyicha, boshqa sugʻurta shartnomalari boʻyicha yoki zararni qoplash tartibida sugʻurta qildiruvchiga, sugʻurtalangan shaxsga yoki naf oluvchiga tegishli summalardan qatʼi nazar, shartnoma kimning foydasiga tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga toʻlanadi. Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan shaxsning merosxoʻrlariga toʻlanadigan sugʻurta toʻlovi sugʻurtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.